Futbol

Jessi Lingard Ronaldu bilan bog‘liq tarixiy suratni namoyish etdi (foto)

180

Angliya chempionatining to‘rtinchi turida “Manchester Yunayted” “Nyukasl” bilan uchrashdi.

Hujumchi Krishtianu Ronaldu uchun bu bahs “Manchester Yunayted” tarkibidaga qaytganidan keyingi birinchi uchrashuv bo‘ldi va ikkita gol urishni uddaladi. Mankunianliklar yarimhimoyachisi Jessi Lingard ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va gol urdi.

28 yoshli ingliz uchun bu Ronaldu bilan birga o‘ynagan dastlabki o‘yini edi.

O‘yindan so‘ng, Lingard o‘zining instagramdagi sahifasida
36 yoshli portugaliyalik bilan tushgan suratlar kollajini namoyish etdi.

Birinchi rasmda hali kichkina Jessi “Manchester Yunayted” yulduzi Ronaldu bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda, ikkinchisida, 18 yildan so‘ng, u bilan bir jamoada o‘ynagani ko‘rsatilgan.

“Katta orzu qiling, bolalar,”, deya izoh beradi Jessi rasmga.

https://www.instagram.com/p/CTsLgbJs_wP/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=loading

Fikr bildirish