Boks/MMA

Jeyk Pol o’zi kim?

245

Boks olamiga antiqa yo’l bilan kirib kelgan Jeyk Pol 1997-yil AQSHda dunyoga kelgan. U 2013-yil o’zini bloggerlikda sinaydi va 2015 yilda You tube’da anchagina muxlisga ega bo’ladi. Huddi shu yilda Jeyk Pol Disney “Paige va Frankie” kanalining Dirk rolida yangi komediya seriyasida ishtirok etadi. 2017 yilda Jeyk ijtimoiy axborot vositalariga bag’ishlangan tadbirda oq uyga ham taklif qilindi. 2017-yilda Pol 1 million dollar moliyalashtirish bilan “Team10” deb nomlangan ijodiy agentlik ishini boshlaydi.   

Polning boksdagi starti

2020 yilda Jeyk Pol ukasi Logan bilan birga boks qoidalariga ko’ra jang qila boshlaydi. Blogger Ali Eson Gibga qarshi birinchi jangida Pol raqib ustidan nokaut bilan g’alaba qozondi. Ikkinchi jangda u basketbolchi Nat Robinson ustidan g’alabaga erishadi. Ushbu janglardan so’ng, Polning ishtaxasi borgan sari ochildi. U boks afsonasi Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko’tarildi. Jang shartlariga ko’ra, nokautga uchratgan jangchigina g’alaba qozonishi mumkin edi. Ammo, jangda nokaut bo’lmadi va chempion nomi anqilanmadi.   

Bu bilan Jeyk to’xtab qolmadi. Uning keyingi raqibi 36 yoshli sobiq “Bellator” chempioni Ben Askren edi, u UFC’dagi so’nggi 2 jangida yutqazib, MMA’da faoliyatini yakunlagan edi. Ushbu jangda Jeyk Pol birinchi raundning o’zidayoq nokaut bilan g’alaba qozondi. 2021 yilning 29 avgustda Jeyk Pol yana bir UFC sobiq chempioni Tayron Vudli bilan ringda to’qnash keldi. Bu jang Pol uchun oson bo’lmadi. Jang so’ngida hakamlarning qarori evaziga 1-jangda Jeykning qo’li baland keldi. 2-jangda Pol ancha o’sgani va bekorga “chiranmayotgani”ni isbotladi. Jangning 6-raundida Tayron Vudlini “uxlatib” qo’ydi. Bu “uxlatib” qo’ygani xatto yil nokautiga davogarlik ham qilmoqda.  

Jeyk Pol o'zi kim?

Pol UFC’da jang qiladi

Jeyk borgan sari bejizga bloggerlikdan boksga o’tmaganini isbotlamoqda. U xattoki UFC prezidenti Dana Uaytga murojat qildi. U UFC jangchilari Kamaru Usman, Masvidal, Diazlar bilan jang qilish maqsadida ekanligini yashirib o’tirmadi. Agar UFC’da dastlabki jangidayoq promoushenning eng zo’r jangchisi Kamaru Usmanga qarshi jangga chiqsa, u uchun eng katta xato bo’ladi. Sababi, hozirgi paytda Usmanni bloggerlikdan boksga o’tgan yigitcha tugul, haqiqiy UFC jangchilari ham mag’lub eta olmayapti. 

Jeyk Pol o'zi kim?

Agar u UFC’da haqiqiy shou uyushtirmoqchi bo’lsa, unga UFC sobiq chempioni Kolbi Kovington yaxshigina raqib bo’la oladi. CHunki Kolbi ham shoularni juda sevadi. Faqat bunga Dana Uayt qanday qaraydi yoki bo’lmasam biz Jeykni Xabib promoushenligi ostidagi EFC’da ko’ramizmi?  

Xabib Nurmagomedov agar Pol UFC’da jang qiladigan bo’lsa uning greppling murabbiyi bo’lishini aytib o’tgan. Xo’sh! Buyog’iga Jeyk nimalar qiladi? You tube olamidan kelib qolgan bu yigitcha o’zini kim ekanlini jang olamida ham ko’rsatmoqda.

Jeyk boksda qolsa, uning raqibi kim bo’ladi?

Jeyk Polning professional boks faoliyati davom etsa, unga Saul “Kanelo” Alvares raqib bo’lishi mumkin. Saul o’z intervyularida boksni sevishini va Polni boksni hurmat qilmaslikda ayblagan edi. Balki Polning keyingi jangi aynan Kanelo bilan bo’lar?  Polning maqsadi boks yulduzlariga qarshi ringga ko’tarilish. Bu masalada Saul qanday fikrda? U Pol bilan jang qiladimi yoki o’zi aytgandek boksning hurmatiga ko’z yumadimi?  

Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, Pol hali-beri to’xtash niyatida emas. Kelasi yilda u qaysi yo’lni tanlanlashidan qati nazar, katta shou kutib qolamiz!

Kamron Hasanov tayyorladi

Jeyk Pol o'zi kim?

Fikr bildirish