Futbol

Joriy mavsumda murabbiylar o’rtasidagi raqobat ham yuqori bo’ldi.

246



Joriy mavsumda murabbiylar o'rtasidagi raqobat ham yuqori bo'ldi.

2021 yilda O’zbekistonning eng yaxshi murabbiyi – Ro’ziqul Berdiev

Teglar : 
Ro’ziqul Berdiev
Joriy mavsumda murabbiylar o’rtasidagi raqobat ham yuqori bo’ldi.

Xususan, kuchli uchlikdan o’rin olgan har bir nomzod o’z jamoasi bilan birgalikda nafaqat chiroyli o’yinlar, balki iroda ham ko’rsata oldi. Xususan, Ulug’bek Baqoev qo’l ostidagi “So’g’diyona” klubi mavsum yakunida AGMK, “Nasaf” va “Bunyodkor” kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, kumush medallarga ega chiqdi. Ro’ziqul Berdiev boshqaruvidagi “Nasaf” klubi OFK kubogining finaligacha etib bordi, mamlakat kubogining g’olibiga aylandi. Timur Kapadze O’zbekiston U-23 terma jamoasi bilan ishonchli o’yinlar o’tkazdi, “Olimpik” bilan birgalikda esa Superliga yo’llanmasini qo’lga kiritdi. 

Jurnalistlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro’ziqul Berdiev “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi. 

Fikr bildirish