Boks/MMA

Kanadadagi boks kechalarining biri noxush holat bilan yakunlandi.

215

Meksikalik 18 yoshli Zakarias Sapata ismli bokschi qiz Kanadadagi jangidan so’ng koma holatiga tushib qoldi. Ushbu jang 4-raunddan so’ng to’xtatildi. Meksikalik qizni zaldan zambilda olib chiqib ketishgan va keyinchalik shifoxonaga olib ketishgan.

Jangning to’rtinchi raundidan so’ng, referi Sapatani ko’zdan kechiradi va jangni to’xtatishga qaror qiladi. Boshida bu qaror ehtiyot chorasidek ko’ringandi. Ammo, bir necha soniyadan so’ng, bokschi qiz hushini yo’qota boshlaydi. Uning murabbiy esa ringga sakrab chiqib, shogirdiga yordam berishga urinadi. 

Birinchi yordam ko’rsatilgach, bokschi shifoxonaga olib boriladi. Uning ahvoli hozirda og’ir deya baholanmoqda. 

Kanadadagi boks kechalarining biri noxush holat bilan yakunlandi.

Fikr bildirish