Futbol

Karim Benzemaning tibbiy ko‘rik natijalari ma’lum bo‘ldi

197

«Real Madrid»ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzemaning jarohati og‘irligi ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Karlos Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, Benzemani birinchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgandan so‘ng, uning holati unchalik jiddiy ko‘rinmayapti.

Manbaga ko‘ra, ertaga u tashxisni tasdiqlash uchun yana bir tekshiruvdan o‘tadi. Qayd etilishicha, u Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasidagi «Inter»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi va «Atletiko»ga qarshi La Liganing 17-turidagi ishtiroki ham so‘roq ostida.

Fikr bildirish