Futbol

Karpin Shomurodovning debyut golini ko‘rdimi?

12

Italiyaning «Jenoa» klubi hujumchisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov A Seriyaning 9-turida «Parma» (1:2) darvozasini ishg‘ol etib, Italiya chempionatidagi gollari sonini ochdi.

Shomurodovning sobiq ustozi, Rossiyaning «Rostov» klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin ushbu hodisa haqida o‘z fikrini bildirdi.

– Shomurodovning debyut golini ko‘rmadim.

– Klubdagilar undan ko‘p gol kiritishini kutishmoqdami? Bilishimcha, uning kiritgan gollariga qarab, «Rostov» qo‘shimcha bonus olar ekan?

– Bilmayman. Mendan ko‘ra ko‘proq siz biladiganga o‘xshaysiz. Men o‘z jamoa haqida o‘ylayman” – dedi Karpin.

Fikr bildirish