Tennis

Kasatkina – Melburn turniri chempioni!

113

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 75-raketkasi, rossiyalik Darya Kasatkina WTA reytingida 50-o’rinni egallab turgan chexiyalik Mari Buzkovaga qarshi kortga chiqdi. Final bahsida Kasatkina raqibasini 4/6, 6/2, 6/2 hisoblarida mag’lub etishni uddaladi. 

Ikki soatu 8 daqiqa davom etgan uchrashuvda 23 yoshli Kasatkina to’rtta eys zarbasini  amalga oshirdi. To’pni o’yinga kiritishda besh marta xatoga yo’l qo’ydi va etti bor breyk-pointdan foydalandi. 22 yoshli Buzkova esa bir bor eys, sakkiz marta qo’shxato va to’rtta breykni qayd etdi.

Bu tennischilarning o’zaro ilk uchrashuvi edi. Phillip Island Trophy turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kasatkinaga 280 reyting ochkosi hamda 28 500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini taqdim etdi. 

Fikr bildirish