Futbol

Kecha futzal bo’yicha Litvada bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

217



Kecha futzal bo'yicha Litvada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

“Braziliya bilan o’ynash niyatim bor edi. Guruhdan chiqish uchun ko’proq mehnat qilishimiz kerak”. Futzalchilarimiz Jahon chempionati qurasi haqida qanday fikrda?

Teglar : 
Davron CHorievIxtiyor Ropiev
Kecha futzal bo’yicha Litvada bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

Quraga ko’ra, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi "B" guruhida Rossiya, Misr hamda Gvatemala terma jamoalari bilan bahs olib boradigan bo’ldi. Biz qura natijalari haqida terma jamoamiz futzalchilari Davron CHoriev va Ixtiyor Ropievning fikrlari bilan qiziqdik.

Davron CHoriev –  Jahon chempionatida ikkinchi bor ishtirok etamiz. Bu albatta boshqacha hissiyotlarni beradi. Qura natijasini barchamiz yaxshi qabul qilib oldik. Bunday musobaqada oddiy jamoa bo’lmaydi. Har bir bahsga jiddiy qarashimiz talab qilinadi. Men ko’proq Braziliya bilan o’ynashni istagandim. Maylin nima ham deymiz. Guruhimizdagi raqiblarga kelsak, Rossiya haqida malumotlarga egamiz. 2016 yil Kolumbiyadagi mundialda ular juda yaxshi natija qayd etishgandi. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni yomon, demagan bo’lardim. Muxlisllarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Kecha futzal bo'yicha Litvada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ixtiyor Ropiev – Qura tashlash marosimidan oldin Litva, Argentina, CHexiya bilan bir guruhdan joy olishimizni taxmin qilgandim. Yakunda Rossiya, Misr, Gvatemala bizga raqiblik qilishi aniq bo’ldi. Guruhdan chiqishimiz uchun ko’proq mehnat qilishimiz kerak. Imkoniyatimiz bor. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Fikr bildirish