“Tottenxem” klubi yetakchisi Xarri Keyn yozgi transferlar oynasida o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin.
Futbolchining o‘zi faoliyatini boshqa yerda davom ettirishni afzal ko‘radi va u Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti”ga o‘tishni xohlaydi. Shuningdek, unga mankunialiklar ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Keyn avvalroq “shporlar” rahbariyatiga klubni tark etishni xohlayotganini aytgan edi.