Boks/MMA

Kiev shahri meri lavozimida ishlab kelayotgan ukrainalik afsonaviy bokschi Vitaliy Klichko vatandoshi Aleksandr Usikni Entoni Joshua ustidan qozongan tarixiy g’alabasi bilan tabrikladi.

152

Klichkolarning kattasi Usikka WBC kamarini sovg’a qildi.

“Yana bir bor katta g’alaba bilan tabriklayman va ramziy WBC kamarini sovg’a qilaman. Senda hozir aynan shu kamarning asl varianti yo’q. Sen albatta WBC kamarini ham qo’lga kiritasan. Ungacha men taqdim etayotgan kamarni qolgan to’rtta chempionlik kamarlaring yoniga qo’shib qo’y. Bu kamar 2018 yil Kievda o’tgan WBC Kongressi uchun maxsus tayyorlangan edi. Haqiqiysiga Fyurini mag’lub etganingdan so’ng ega chiqasan. Bu kamar sen havas qilgan afsona — Muhammad Alida ham bo’lgan”, — deydi Klichko.

Fikr bildirish