Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O’zbekiston U21 terma jamoasi ishtirok etdi. Kecha Ozarbayjonni 1:0 hisobida taslim qilgan yoshlarimiz bugun musobaqa mezboni Ukraina yoshlarini 2:0 hisobida taslim qilishdi hamda turnir g’olibiga aylanishdi.
Bugungi gollarga Jasur Jaloliddinov va Husayin Norchaev mualliflik qilishdi. 67-daqiqada Sunnatilloh Hamidjonov ikkinchi bor sariq kartochka olib maydonni tark etdi va o’yin oxirigacha jamoamiz 10 kishi bo’lib o’ynadi.
Ikkita o’yinda ikkita gol urgan Jasur Jaloliddinov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.