Futbol

Klopp ushbu mavsumda Angliya Premyer ligasida beshinchi marta oyning eng yaxshi murabbiyiga aylanib Gvardiolaning rekordini yangiladi

44

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yanvar oyida Angliya Premyer ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Uning rahbarligidagi jamoa bir oy ichida barcha beshta o’yinda g’alaba qozongan.
Germaniyalik mutaxassis ushbu sovrinni mavsum davomida 5-marta liga rekordini yangilagan holda qo’lga kiritdi. Bunga qadar eng yaxshi natijaga “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola erishgan edi, u 2017/18 yilgi mavsumda 4 marotaba mukofot olgan.
Umuman olganda, ushbu mukofot Klopp uchun faoliyatidagi sakkizinchi mukofot bo’ldi.
Sovringa Gvardiola, Ralf Xazenxyuttl (“Sautgempton”) va Nayjel Pirson (“Uotford”) ham da’vogarlik qilishdi.

Fikr bildirish