Futbol

Kokorin “Sochi” prezidenti bilan uchrashdi. Yaqin kunlarda futbolchi jamoaga qo’shilishi mumkin

105

“Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin hanuzgacha “Sochi” ga o’tishga yaqin turibdi. Bu haqda telegram kanalda futbol sharhlovchisi Nobel Arustamyan ma’lum qildi.
“Bugun “Sochi” futbol klubi prezidenti Boris Rotenberg va Aleksandr Kokorin o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Muzokaralar samarali o’tmoqda, yechim yaqin ko’rinadi. Yaqin kunlarda Kokorin “Sochi” futbol klubiga Turkiyadagi yig’inda qo’shilishi ehtimoli katta “, – deb yozadi Arustamyan.
Eslatib o’tamiz, “Zenit” Kokorinni “Sochi”ga ijaraga bergan edi, ammo futbolchining o’zi bunga rozi bo’lmagan. U PFLda chiqish qilayotgan “Zenit-2”ga yuborildi. Bugun “Sochi” Turkiyaning Belek shahridagi uchinchi yig’inga jo’nab ketdi.

Fikr bildirish