Futbol

Koutinyo APLga qaytishi mumkin, ammo «Liverpul»ga emas

237

«Barselona» hujumchisi Filippe Koutinyo katta ehtimol yozda jamoani tark etadi.

Unga Premyer-ligadan da’vogarlar bor. Xususan, «Arsenal» hamda «Everton» braziliyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Biroq «Liverpul» sobiq o‘yinchisini ortga qaytarmoqchi emas. Hozircha «qizillar» kelasi mavsum uchun transfer amalga oshirishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaydi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Koutinyo La Liganing 12 bahsida maydonga tushdi va 2+2 natijani qayd etdi.

Fikr bildirish