Yaqinda “Barselona” yarimhimoyachisi Filipe Koutinyo kamida mavsum oxirigacha jamoada qolishi malum bo‘ldi. Klub eng yuqori maoshlardan birini olayotgan braziliyalik bilan xayrlashmoqchi edi.
Biroq futbolchining ketishi ikki sababga ko‘ra amalga oshmadi, deb xabar beradi “Fichajes” nashri. Birinchisi, Koutinyoning o‘zi kataloniyaliklar safida o‘ynashni davom ettirish istagi. Ikkinchisi, “Nyukasl” bilan muzokaralardagi qiyinchiliklar. Tomonlar kelishuvning barcha tafsilotlarini hal qila olmadilar, shu sabab muzokaralarni to‘xtatdilar.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Koutinyo barcha turnirlar doirasida faqat bitta asist qayd etgan.