Futbol

Ko’z tegmasin, xorijga yo’l olayotgan futbolchilarimiz soni anchagina ko’payib qoldi.

37



Ko'z tegmasin, xorijga yo'l olayotgan futbolchilarimiz soni anchagina ko'payib qoldi.

Sergeev Qozog’istonni zabt eta oladimi?

Teglar : 
“Paxtakor” O’zbekiston milliy terma jamoasiAktobeIgor Sergeev
Ko’z tegmasin, xorijga yo’l olayotgan futbolchilarimiz soni anchagina ko’payib qoldi.

Bir necha kun avval O’zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev ham Qozog’iston Premer-ligasiga yo’l oldi. 27 yoshli futbolchi bunga qadar ham legioner maqomiga erishgan (“Al Dafra”, “Beyjing Goan”), ammo uning BAA va Xitoydagi faoliyati omadsiz chiqqan edi. Igor bu gal o’zini ko’rsata oladimi, uning yangi jamoasida vaziyat qanday? Hozir shu haqda.

Ko'z tegmasin, xorijga yo'l olayotgan futbolchilarimiz soni anchagina ko'payib qoldi.

“Aktobe” jamoasi matbuot matbuot xizmati 18 feral kuni Igorning transferini elon qildi. Qozog’iston chempionati bahslarini kuzatmaydigan muxlislar mazkur klubni mamlakat grandlaridan biri deb hisoblashlari mumkin. Har holda “Aktobe” doimiy ravishda evrokuboklar saralash bosqichida ishtirok etib kelardi. Biroq, so’nggi 5 yildirki, aqtebeliklar osmonini qora bulutlar qoplagan. Dastlab, klub sovrinli o’rinlar uchun kurashmay qo’ydi, 2019 yilgi mavsumda esa musobaqaning asosiy autsayderiga aylanib, quyi ligaga ravona bo’ldi. O’tgan mavsum 1-ligada zafar quchgan “oq-qizillar” yana elitaga qaytdi. Qisqa qilib aytganda, “Aktobe” ayni paytda grand jamoalar qatorida emas.

SHomurodov O’zbekistonning eng kuchli hujumchisi emas yoxud "o’zimizning MYULLER" haqida        

Ammo, aqtebeliklar yangi mavsumga tayyorgarlikni yuqori darajada olib borishmoqda. Turkiyada yig’in o’tkazayotgan jamoani bir yo’la 13 kishi tark etdi va yangi nomlar olib kelinmoqda.

Masalan, franciyalik Erven Mukam (BATE) va Tongo Dumbiya (“Ajman”), serbiyalik hujumchi Boyan Dubayich (BATE), chexiyalik markaziy himoyachi Mixal Yerjabek ("Yablonec") kelib qo’shildi. 

Ko'z tegmasin, xorijga yo'l olayotgan futbolchilarimiz soni anchagina ko'payib qoldi.

Igor yangi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushish uchun 19 yoshli Maksim Samorodov va 30 yoshli Boyan Dubayich bilan raqobat qilishi kerak. Maksimning tajribasizligini, Boyanning BATEdagi raqobatda yutqazgani va mavsum davomida atigi 2 bor maydonga tushganini hisobga olsak, Igor doimiy o’yin amaliyotiga ega bo’lishi kerak.

FAKT: I. Sergeev ayni paytda “Aktobe” tarkibidagi eng qimmatbaho futbolchi hisoblanadi. “Transfermarkt” portali hamyurtimizning transfer bahosini 1,5 mln evroga baholamoqda. Igor yangi mavsumda Qozog’iston chempionatining ham eng qimmat futbolchilaridan biri bo’ladi.

SHunday ekan, jamoa rahbariyati Igorni yangi mavsumda etakchi bo’lishi uchun olib kelgan desak, yanglishmaymiz. Hamyurtimizga imkon berilsa, unumli foylanadi degan umiddamiz. Terma jamoamizni yozda juda muhim o’yinlar kutib turibdi. Unga qadar barcha futbolchilar yaxshi formaga kirib olishi faqat bosh jamoamiz uchun foyda keltiradi.

Igorga omad tilaymiz va Qozog’iston yashil maydonlarini zabt etishi kutib qolamiz. Uning keyin faoliyatidan qanday natijalarni kutyapsiz?

Ko'z tegmasin, xorijga yo'l olayotgan futbolchilarimiz soni anchagina ko'payib qoldi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish