Futbol

Kuman ikki himoyachisini yanvarda «Barsa»dan ketishini talab qilmoqda

171

Ispan matbuoti xabariga ko‘ra, Ronald Kuman mudofaa chizig‘idagi ustuvorliklar to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Murabbiy, rahbariyatning ishontirishiga qaramay, Langle va Umtitiga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat bermaydi. Kuman yanvar oyida futbolchilardan jamoadan ketishini talab qilmoqda.

Kumanning fikricha, ikkala futbolchi ham klubning uzoq muddatli strategiyasiga mos kelmaydi. Murabbiy intizom bilan bog‘liq muammosi bo‘lgan Lenglega ham imkoniyat bermoqchi emas.

Umtiti shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat hali ham qiyin ko‘rinadi. Futbolchi maoshni qisqartirish borasida muzokara o‘tkazmaydi. Shu bilan birga, jamoa bilan tuzilgan shartnoma muddati 2023 yilgacha hisoblanadi.

Fikr bildirish