Futbol

Kumanga kimlar kerak?

69

Kumanga kimlar kerak?

Futbol 16 oktabr, 2020, 00:05 0 Teglar:Barselona
|
Ronald Kuman
|
Jorjino VeynaldumUlar Kumanga juda kerak

Ronald Kuman kelganidan keyin “Barselona” bir guruh futbolchilar tark etganiga qaramay, kataloniyaliklar transfer bozorida faollik ko‘rsatgani yo‘q. Endi ular qishki transferlar mavsumi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Barselona” mutasaddilari Kuman talabiga ko‘ra, uning hamyurtlari – Jorjino Veynaldum va Memfis Depayni olib kelishi kerak. Bundan tashqari, rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Erik Garsiyani “Manchester Siti”dan ortga qaytarmoqchi.

Memfis Depay Kataloniyaga kelishga roziligi bergan. Veynaldum esa, “Liverpul” bilan yangi bitim imzolash arafasida turibdi. “Shaharliklar”  “Barsa” tomonidan taklif qilingan summaga Garsiyani qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmadi.

Bu transferlarni amalga oshirish uchun “Barselona” vakillari transfer siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi.

Fikr bildirish