Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Navbahor" klubi bu tur Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o’ynadi va 0:0 hisobida durang qayd etdi. Namangan klubi o’zining principial raqiblaridan biridan safarda ochko olishga erishdi. SHu bois Viktor Jalilov championat.asia sayti talqiniga ko’ra 18-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Lochinlar"ning "Paxtakor" bilan durang o’ynashida darvozabon O’tkir Yusupovning xizmati katta bo’ldi. U bahs davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko’ra, 18-turning eng yaxshi darvozaboni O’tkir Yusupov bo’ldi.
Bu turda AGMK klubi yarim himoyachisi Mirjamol Qosimov "Turon" bilan bahsda burchak to’pidan gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
AGMK o’z uyida "Turon"ni 2:0 hisobida mag’lub etdi. SHu kuni olmaliqliklar safida Mirjamol Qosimov chiroyli gol urishdan tashqari golli uzatmani ham amalga oshirdi. SHu tariqa, Mirjamol Qosimov championat.asia talqiniga ko’ra 18-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.