Futbol

La Liga o’yinchilari va musiqa yulduzlari koronavirus bilan kurashni qo’llab-quvvatlovchi festivalda yig’ilishadi

64

La Liga xayriya festivalini e’lon qildi. Unda Ispaniya yuqori divizionining 20 futbolchisi va mamlakatdagi 20 ta taniqli musiqachilar ishtirok etishadi.
Tadbir shanba kuni kechqurun o’tkaziladi va La Liga tomonidan translyatsiya qilinadi.
Aynan qaysi o’yinchilar festival qatnashchilari bo’lishi ma’lum qilinmayapti.
Musiqa yulduzlari orasida quyidagi nomlar tilga olinmoqda: Alexandro Sans, David Bisbal, Aytana, Sebastyan Yatra, Anotnyo Orosko.
Festival koronavirus bilan kurash uchun pulni xayriya qiladigan muxlislar uchun tashkil qilingan.
Festival qatnashchilari karantin tufayli o’z uylarida bo’ladilar.

Fikr bildirish