Jang san’atlari

Las-Vegasda “Uaylder-Fyuri” revansh-o’yin uchrashuvi 22-fevral kuni o’tkaziladi

17

Og’ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder va og’ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o’rtasidagi revansh o’yini rasman 22-fevral kuni Las-Vegasda MGM Grand Arenasida o’tishi tasdiqlandi.

Ushbu ma’lumotni Fyurining promouteri Bob Arum tasdiqladi.

“Rojdestvoga qadar biz rasman e’lon qilamiz, ammo jang 22 fevralda bo’lib o’tadi. Tinch uxlayversangiz bo’ladi, – dedi Arum.

Ushbu bokschilar o’rtasidagi birinchi jang 2018 yil 1-dekabr kuni Los-Anjelesda bo’lib o’tgan va durang bilan yakunlangan.

Fikr bildirish