Futbol

“Lids” futbolchilari va murabbiylari koronavirus inqirozi paytida maoshlarining bir qismidan voz kechishdi

3

“Lids Yunayted” futbolchilari va murabbiylar shtabi koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq bo’lgan tanaffusda klub xodimlariga ish haqini to’lashlari uchun maoshlarining bir qismidan voz kechishga kelishib olishdi.
“Lids” o’zining rasmiy veb-saytida futbolchilar, murabbiylar va boshliqlar oylik maoshining bir qismini to’lashni kechiktirilishiga rozi ekanliklari haqida e’lon qildi, bu bilan klub o’yinlar o’tkazilmaydigan davrda stadionda va mashg’ulot bazasida ishlaydigan 272ta ro’yxatdagi ishchilari va shtatdan tashqari xodimlarga oylik to’lashni davom ettirishi mumkin.

Fikr bildirish