Futbol

«Liverpul» darvozaboni «Everton»ga qarshi o‘yin paytida uxlab qoldi (foto)

19

APLning 5-tur doirasida «Liverpul» hamda «Everton» klublari o‘zaro bahs olib bordi va uchrashuvda durang natijasi qayd etildi. Garchi, o‘yin gollarga boy bo‘lgan bo‘lsa-da, stadionga tashrif buyurganlarning ayrimgilari zerikib qolishganga o‘xshaydi.

«Liverpul» klubi zahira darvozaboni Kuivin Kellexer o‘yinning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotgan paytda uxlab qoldi. “Liverpul” 2:1 hisobida oldinda borayotgan pallada stadiondagi kameralar darvozabonning “charchab” qolganini tasvirga olishdi.

Fikr bildirish