Futbol

«Liverpul» Salohni transferga qo‘ymoqchi. Sababi…

180

«Liverpul»ning eng yaxshi futbolchilaridan biri Muhammad Saloh joriy mavsum oxirida «qizillar» safiini tark etishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Angliya klubi shartnoma muddati tugashi sababli misrlik futbolchini transferga qo‘yishi mumkin. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv muddati 2023 yilgacha hisoblanadi.

Avvalroq, Kataloniyaning «Barselona» klubi Muhammadga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Hujumchi 2017 yilning iyulidan «Liverpul»ning sharafini himoya qilmoqda.

Eslatib o‘tmiz, joriy mavsum Angliya chempionatida Saloh 6ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish