Futbol

“Liverpul” van Deykka qulay shartlar asosida yangi shartnoma taklif qilmoqchi

23

“Liverpul” himoyachi Virjil van Deyk bilan qulay shartlarda yangi shartnoma imzolashni mo’ljallamoqda.
Football Insider xabariga ko’ra, “qizillar” 28 yoshli gollandiyalikka ish haqini haftasiga 125 ming funtdan 150 ming funt sterlinggacha oshirgan holda yangi besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, , ular shartnoma muddati davomida 50 million funt sterlingdan oshishi mumkin bo’lgan bonuslar ko’zda tutilgan.
Eslatib o’tamiz, Van Deyk besh yarim yillik shartnomaga imzo chekib, 2018 yilning qishida “Sautgempton”dan “Liverpul”ga 70 million funt sterling evaziga o’tgan edi.
Fevral oyi boshlarida OAV, “Yuventus” keyingi yozda gollandiyalik futbolchini sotib olishni istayotgani haqida xabar tarqatdi, buning uchun u 150 million funt to’lashga tayyor.

Fikr bildirish