Futbol

Luis Enrike Ispaniya terma jamoasiga qaytdi. U yozda qizining vafotidan keyin ketgan edi

epa05980168 Barcelona's head coach Luis Enrique gestures during the LaLiga soccer match between FC Barcelona and SD Eibar, held at the Camp Nou, in Barcelona, Spain, on 21May 2017. EPA/TONI ALBIR
27

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi o’zgardi. Uning o’rniga qizi Ksana osteosarkomadan vafot atgani sabab termani tark etgan, Luis Enrike qaytib keldi. Bu haqida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales e’lon qildi. Ispaniya terma jamoasi Yevro-2020 uchun tanlovni kuchli yakunladi:uyida Ruminiyani 5:0 mag’lub etib, birinchi savatdan o’ziga joy egalladi. Ammo oxirgi hushtakdan keyin g’alati narsalar boshlandi: Bosh murabbiy Robert Moreno matbuot anjumaniga kelmadi, ispan OAV esa u ishdan bo’shatilgani haqida xabar qilishdi. Bir nechta nufuzli nashrlar (AS, Marca) murabbiy yechinish xonasida yig’lagani, va ba’zi futbolchilar ham yig’lashgani haqida ma’lum qilishdi.

Fikr bildirish