Futbol

Lyubinko Drulovich: “Hozirda bizni havotirga solayotgan jihatlar yo’q”

16

O’zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Olimpiyachilarimiz ustozi Lyubinko Drulovich tayyorgarlik jarayoni hamda oldindagi rejalar xususida o’z fikrlarini bildirdi:

– Oldinda bizni juda masuliyatli musobaqa kutib turibdi. Hozirda Osiyo chempionatiga hozirlik jarayonining yakuniy bosqichidamiz. Dastlab Toshkentda shug’ullanamiz, keyin 16 dekabrdan esa BAAda mashg’ulotlarni davom ettiramiz. Hali qita chempionatigacha o’rtoqlik o’yinlarida ham maydonga tushamiz.

Ayni paytda ixtiyorimizda bo’lgan futbolchilar nomzodlar orasida eng saralari, deb hisoblayman. Osiyo chempionatiga 23 nafar eng munosib futbolchilar bilan yo’l olamiz. Hozirda jarohat yoki boshqa shunga o’xshash bizni havotirga solayotgan jihatlar yo’q.

Musobaqadagi ilk o’yinni Eron olimpiya terma jamoasiga qarshi o’tkazamiz. Guruhda shuningdek, Janubiy Koreya va Xitoy termalari bilan bahs olib boramiz. Har bir raqibni o’rgandik, bu jarayon hamon davom etyapti. Har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik bilan chiqamiz.

Jamoada muhit alo darajada. Yigitlarda kayfiyat yaxshi. Hamma do’stona aloqada. Umid qilaman, biz qita chempionatida yaxshi o’yin namoyish etamiz. O’zbekistonlik futbol ishqibozlariga ajoyib g’alabalar taqdim etish uchun bor kuch-mahoratimizni ishga solamiz, – dedi tajribali mutaxassis.

Fikr bildirish