FutbolJang san’atlari

Makgregorning murabbiyi: “Habib Konor bilan bo’lib o’tgan jangda umuman bor kuchini ko’rsatmadi»

42

UFC jangchisi Conor Makgregor murabbiyi Ouen Roddi irlandiyalikning oktagonga qaytishi haqida gapirib, Habib Nurmagomedovga qarshi kurashi haqida esladi. “Konor hozirda juda kuchli mashq qilmoqda. Rasmiy sana hali tayinlanmagan, ammo u bor kuchi bilam tayyorgarlik ko’rmoqda. Agar uning istalgan rasmiga qarasangiz, u ajoyib formadaligini ko’rasiz. Ishonchim komilki, muxlislar uning qaytishini intiqlik bilan kutishmoqda. Agar Serron bilan jang bo’lsa, u hayajonli kechadi. Kovboy parterda yaxshiligiga qaramay, har ikkisi ham – ajoyib zarbachilar. Agar ular jang qilsalar, menimcha, jang stoykada bo’lib o’tadi va bu dahshat bo’ladi. Habib bilan birinchi jang biz uchun juda qiyin kechgan. U ajoyib reja bilan chiqdi va uni amalga oshirdi. Lekin menimcha, Konor umuman bor kuchini ko’rsatmadi. U o’zining eng zo’r foasida, har qanday raqibni mag’lub qilishi mumkin”, – deydi Roddi MMA Fighting.

Fikr bildirish