Futbol

“Malmyo” muxlislari Zlatan haykalini tahqirlashdi – hojatxona o’rindig’i va axlat qutisi kiydirib, so’ng yoqib yuborishdi

38

Shvetsiyalikni endi o’z vatanida kutib olishmaydi.

Shvetsiyaning “Malmyo” muxlislari klubning sobiq o’yinchisi Zlatan Ibragimovich haykalini xunuk holatga solishdi – ertalab hojatxona o’rindig’i va axlat qutisini kiydirishdi va kechqurun uni butunlay yoqib yuborishdi.

Muxlislarning shafqatsiz qiliqlari, ehtimol, Ibraning shved futboliga o’ziga xos qaytishiga bo’lgan  munosabat bo’lgandir – hujumchi Skandinaviya mamlakatidagi boshqa bir klub – Hammarbyu aksiyalarining 47 foizini sotib oldi. “Menga bu jamoa va uning ishqibozlari doimo yoqadi”, – deydi Zlatan bitim tugagandan so’ng. Hujumchining birinchi professional klubining muxlislari buni aniq xiyonat sifatida qabul qilishgan.

Fikr bildirish