Futbol

Mamlakatimizda yangi mavsum boshlanish arafasida turibdi. O’z-o’zidan transferlar ham avjiga chiqqan payt.

12



Mamlakatimizda yangi mavsum boshlanish arafasida turibdi. O'z-o'zidan transferlar ham avjiga chiqqan payt.

Eshitdik-da! Odil Hamrobekov legionerga aylanish arafasida

Teglar : 
Azizjon G’anievOdil HamrobekovSHabab Al Ahli PaxtakorJaloliddin Masharipov
Mamlakatimizda yangi mavsum boshlanish arafasida turibdi. O’z-o’zidan transferlar ham avjiga chiqqan payt.

"Championat.asia" olgan malumotlarga ko’ra, amaldagi chempion va kubok sohibi "Paxtakor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov legionerga aylanish arasida turibdi. Tayanch yarim himoyachisi BAAga uchib ketgan. Odil tez orada Dubayning "SHabab Al Ahli" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ayni paytda boshqa hamyurtlarimiz Azizjon G’aniev va Jaloliddin Masharipov ham aynan "SHabab Al Ahli" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Dubayliklar BAA chempionatida 18 turdan so’ng 32 ochko bilan 5-o’rinda borishmoqda. Jamoa OCHLda "A" guruhida "Al Hilol", "Istiqlol" va AGMK yoki "Al Garafa"dan biri bilan bellashadi.

Malumot uchun, "SHabab Al Ahli" tarkibida Azizjon G’aniev 13 fevral kuni ichki chempionat doirasida "Al Vahda"ga qarshi bahsda jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Katta ehtimol bilan dubayliklar G’anievning o’rniga Hamrobekovni xarid qilishmoqchi.

Mamlakatimizda yangi mavsum boshlanish arafasida turibdi. O'z-o'zidan transferlar ham avjiga chiqqan payt.

Eslatib o’tamiz, 2020 yilgi mavsumda Hamrobekov Superligada 21ta o’yinda maydonga tushdi va 4ta golli pasni amalga oshirdi.

Abror Pirriev Aziz G’aniev 6 oyga safdan chiqqanini malum qildi

BAA chempionati turnir jadvali

Fikr bildirish