UEFA Pro licenziyasiga ega mutaxassis Yuriy Svirkov endilikda "Odil Ahmedov" futbol akademiyasida faoliyat olib boradi. Uning vazifasi mahsus dastur asosida bolalar murabbiylarini o’qitish va yangi darajaga olib chiqishdan iboratdir. Malumot o’rnida aytish joizki, mazkur murabbiy bir necha oy oldin poytaxtimizda murabbiylar uchun seminar o’tkazgan holda, o’z maslahatlarini bergan edi.
Eslatib o’tamiz, kecha Belarusning "Energetik-BGU" jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy ham kelayotganini malum qilgan edik. Svirkov dushanba kunidan mehnat faoliyatini boshladi.