“Manchester Siti” “Barselona” yarimhimoyachisi Frenki de Yongni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Shaharliklar” Kataloniya klubiga gollandiyalik futbolchi uchun 90 million yevro taklif qilmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Transfer katta ehtimol bilan kelasi yozda amalga oshadi. To‘g‘ri, “Ko‘k-anorranglilar”ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes iqtidorli yarimhimoyachiniqo‘ldan chiqarmoqchi emas. Biroq, katta summa klubning fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Joriy mavsumda De Yong 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.