Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Ilkay Gyundogan Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ilkay «shaharliklar»ning bugungi mashg‘ulotlarini muddatidan oldin yakunlashga majbur bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, Ilkayning muskullari bilan bog‘liq muammolari bor. Ularning qanchalik jiddiy ekanligi hali aniq emas. «Man Siti» hali Gundogan bilan bog‘liq vaziyatga izoh bermadi.
«Siti» va «Chelsi» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 29 may oqshomiga rejalashtirilgan.