«Manchester Siti» mavsumning qolgan qismini Kevin de Bryuynesiz o‘tkazish xavfi ostida.
Belgiyalik futbolchi shanba kuni Angliya kubogi 1/2 finalida «Chelsi»ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. O‘yindan so‘ng Xosep Gvardiola vaziyat unchalik yaxshi emasligini aytdi.
Yakshanba kuni Gvardiola aytganidek, futbolchi tekshiruvdan o‘tishi kerak, ammo hozirdanoq OAVda de Bryuyne mushaklariga zarar etkazishi mumkin degan taxminlar paydo bo‘ldi. Uning uzoq muddat maydonga tusha olmaslik ehtimoli ham yo‘q emas.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» «Chelsi» ga 0:1 hisobida yutkazdi va Angliya kubogi finaliga chiqa olmadi.