Jang san’atlari

Mbappe 2019/20 yilgi mavsumning barcha turnirlarida to’p kiritgan birinchi PSJ o’yinchisi bo’ldi

19

12-fevral, chorshanba kuni Fransiya kubogi 1/4 finali “Dijon” – “PSJ” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv 6: 1 hisobida parijliklarning yirik g’alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo’lim oxirida “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe gol urdi. Shu tariqa, fransiyalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda PSJ ishtirok etgan barcha beshta turnirda to’p kiritgan klubdagi birinchi o’yinchi bo’ldi.
Mbappe bundan oldin “PSJ”da barcha turnirlarda 23 ta gol urgan: Birinchi Ligada 15 ta, Liga kubogida 2 ta, Chempionlar ligasida 5 ta va Fransiya Superkubogida 1 ta gol.

Fikr bildirish