«PSJ» klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘z holati haqida fikr bildirdi.
«Men o‘zimni yulduz deb hisoblaymanmi? Menimcha, ha. Agar odamning yuzi butun shaharda va butun dunyoda tanilsa, bu shunday. Yulduz bo‘lish maqom masalasidir, lekin bu meni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq qilmaydi.
Yuqori darajali futbolda hech kim sizga chegirma bermaydi yoki hech narsaga qodir emasligingizni aytmaydi. Siz o‘zingizni kim ekanligingizga ishontirishingiz kerak. Ego va o‘z-o‘zini sevish bu yulduzlarning injiqligi emas, bu o‘z-o‘zidan ustun bo‘lishga va hamma narsani qilishga, »men eng yaxshiman” deyishga tayyorlik belgisi.
O‘yinchilar do‘st bo‘lishlari kerakmi? Yo‘q. Nonvoy kabi siz ham boshqa novvoylar bilan do‘st bo‘lishingiz shart emas. G‘alaba qozonish uchun har kuni jamoadoshlaring bilan kechki ovqatni birga qilishing shart emas”, – dedi Mbappe.