Boks/MMA

Meksikalik 18 yoshli bokschi qiz Zakarias Sapata Kanadadagi jang vaqtida xushini yo’qotib koma holatiga tushib qolganligi haqida xabar bergan edik.

196

SHanba oqshomida Monrealda o’tkazilgan boks musobaqasida jarohat olgan va keyinchalik komaga tushib qolgan meksikalik bokschi Jenet Zakarias Sapata oradan besh kun o’tib Monrealdagi yurak kasalliklari shifoxonasida vafot etdi. U 18 yoshda edi.

Bu xabar birinchi bo’lib ESPN Deportes va DAZN Mexiko tomonidan elon qilingan va kanadalik faxriy promouter Yvon Mishelning bayonotida tasdiqlangan.

«Jenet Zakarias Sapata bugun tushdan keyin 15:45 da vafot etganini biz uning oila azosi vakilidan chuqur qayg’u va azob bilan bilib oldik. Biz uning oilasiga, yaqinlariga, do’stlariga, va ayniqsa u bilan so’nggi daqiqalarga qadar birga bo’lgan turmush o’rtog’i Jovani Martinesga samimiy hamdardlik bildirmoqchimiz».

Tibbiy komaga yotqizilgan Sapata dastlab og’ir ahvolda edi. Ammo unda yaxshilanish alomatlari ko’rina boshlandi. Bu hech bo’lmaganda Mishelning so’zlariga ko’ra, jarrohlik amaliyotini istisno qilish uchun etarli edi.

«Dastlab, shifokorlar uning ahvoli barqarorlashishi yoki operaciyani davom ettirishni bilishmoqchi edi», – dedi Mishel matbuot anjumanida. «Aksincha, miyasining holati yaxshilandi, operaciya kerak bo’lmay qoldi».

Kecha Sapata uchun GoFundMe sahifasi ishga tushdi, uning maqsadi Sapataning tiklanish va davolanish harajatlariga yordam berish uchun 14000 dollar yig’ish edi. Payshanba kuni tunda jamg’arma 13143 dollar yig’ishga ulgurgan.

Meksikalik 18 yoshli bokschi qiz Zakarias Sapata Kanadadagi jang vaqtida xushini yo'qotib koma holatiga tushib qolganligi haqida xabar bergan edik.

Mishelning so’zlariga ko’ra, Sapataning xuddi shu kechada jang qilgan turmush o’rtog’i Martines rafiqasining vafoti haqida hech qanday izoh bermagan.

«Jovanining qalbi vayron bo’lgan va u juda xafa. Bunday vaziyatda u izoh berishni xohlamaydi, shuning uchun siz uning qarorini hurmat qilishingiz va oilaga shaxsiy dahlsizligini saqlashga ruhsat berishingizni so’raymiz», – deyiladi Mishelning bayonatida.

SHuningdek, Mishel bu borada boshqa izoh berish niyatida emasligini takidladi.

Fikr bildirish