Futbol

Messi bilan 4 yillik shartnoma Italiya klublariga 350-365 million yevroga tushadi

75

“Barselona” hujumchisi Lionel Messining transferi uchun Italiya klublari qancha pul sarflashi ma’lum bo’ldi.
Tuttosport xabariga ko’ra, harajatlar masalasi ko’p jihatdan Messiga tegishli bo’lgan imidj huquqlarining narxiga bog’liq.
“Barselona” da futbolchi toza 35 million yevro oladi. Bu u boshqa klubda ishlashga rozi bo’ladigan eng kam ish haqi deb hisoblanadi. Shunday qilib, soliqlarni to’lashni hisobga olganda, Messining maoshi klubga 66 million yevroga tushadi. Agar soliq stavkasini kamaytirish mumkin bo’lsa, unda har mavsumda xarajatlar 51 million yevroni tashkil qiladi.
Shunday qilib, xarajatlarning umumiy miqdori yiliga 86 dan 91 million yevrogacha o’zgarishi mumkin. Bu holda, 4 yillik shartnomaning xarajati 350-365 million yevroni tashkil qiladi.

Fikr bildirish