Futbol

Messi – «Oltin to‘p-2021» mukofotiga loyiq futbolchi. Isbotlaymiz

149

Bir necha hafta oldin Internetda «Oltin to‘p uchun ovoz berish natijalari chop etilgan» fotosuratlar paydo bo‘ldi. Unda Robert Levandovski birinchi o‘rinni, Leo Messi esa ikkinchi o‘rinni egallaganini ko‘rsatilgandi.

 

Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, dunyo boshqa yangilikdan xabardor bo‘ldi. Messi– «Oltin to‘p-2021» sohibi. Ko‘pchilik futbol ishqibozlari bu ma’lumotni imkon qadar salbiy qabul qilib, argentinalikni bu mukofotga noloyiq deb atashdi.

 

«Stadion.uz» nega bunday keskin tanqidlar asossizligini va «PSJ» forvardi haqli ravishda favoritlar qatoridan joy olganini haqida biroz ma’lumot beradi.

 Messi - «Oltin to‘p-2021» mukofotiga loyiq futbolchi. Isbotlaymiz

Eng yaxshi futbolchini aniqlash jarayoni ancha oldin yakunlangandi – 24-oktabr oxirgi ovoz berish kuni bo‘lib, g‘olib faqat noyabr oyi oxirida e’lon qilinadi.

France Football nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu so‘rovnomada butun dunyo miqyosidan 180 nafar jurnalist ishtirok etgan. Aynan mana shu mutaxassislar Leo Messining bo‘lajak «Oltin to‘p» sohibi ekanligini aniqlashgan.  

Nega Fransiya chempionatida gol ura olmagan Leo Oltin to‘p»ga ega chiqishi kerak?

Leo va OT haqida bir qancha savollar bor: u nimaga erishdi?
Keling, Leoning o‘tgan mavsumdagi barcha yutuqlarini ko‘rib chiqaylik:

 

– Ispaniya kubogi g‘olibi

 

– Amerika kubogi g‘olibi

 

– Ispaniya kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi

 

– La Liganing eng yaxshi to‘purari

 

– Amerika kubogi to‘purari

 

– Amerika kubogi eng yaxshi asistenti

 

– Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisi

Messi - «Oltin to‘p-2021» mukofotiga loyiq futbolchi. Isbotlaymiz

 

Yangi chempionat, yangi klubda, qolaversa, jarohatlar ham unga xalaqit bermoqda, ammo Messi Chempionlar ligasida barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda va  gollar urishda davom etmoqda.

 

Nega Benzema va Saloh munosib nomzod, lekin Messi emas?

Messi - «Oltin to‘p-2021» mukofotiga loyiq futbolchi. Isbotlaymiz

Ijtimoiy tarmoqda aql bovar qilmaydigan sonli xabarlarni ko‘rish mumkin.Ularda Karim Benzema va Muhammad Saloh bu mukofotga argentinalikdanko‘ra ko‘proq loyiq ekanliklariaytilgan.

 

Aslidachi, ushbu to‘g‘ri ma’lumotmi? Keling, buni aniqlaylik.

Fransuz va misrlik bu mavsumda aql bovar qilmaydigan formada. Ammo,oqilona savol tug‘iladi – ular o‘tgan mavsum qanday mukofot yutishdi?

Saloh hech narsa, Benzema esa Millatlar Ligasida zafar quchdi. Ko‘rinib turibdiki, Messi mukofotlar borasida ulardan ustun.
Qolaversa, ikkala futbolchi ham o‘tgan mavsumni o‘z chempionatlarining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda yakunladi (Benzema kimga yutqazganini o‘zingiz ham bilasiz).

 

Salohning statistikasi: 2021 yilda klub va terma jamoa tarkibida48 o‘yinda 32 gol

Benzemaning statistikasi: 2021 yilda klub va terma jamoa tarkibida 53 o‘yinda 38 gol

Messining statistikasi: 2021 yilgi klub va terma jamoa tarkibida51 ta gol urgan 40 ta gol.

 Messi - «Oltin to‘p-2021» mukofotiga loyiq futbolchi. Isbotlaymiz

Shu nuqtai nazardan, yuqoridagi barcha futbolchilardan ko‘proq gol urgan, shuningdek, Germaniya kubogi sohibi bo‘lgan Erling Holandni e’tiborsiz qoldirish tushunarsiz.

Messining yomon natijalaridan biri shundaki, u «Barselona» bilan birga Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Leva Polsha terma jamoasi bilan Yevropa chempionati guruh bosqichida uchinchi o‘rinni ham egallay olmadi. Lekin, bunda Robertning aybi yo‘q, sababi u o‘sha uchta o‘yinda uchta gol urdi? Demak, Leo ham aybdor emas, chunki u ham deyarli har bir uchrashuvda gol urdi.

Ammo, Levandovskini esdan chiqarmaslik kerak…

Ko‘pchilik ushbu mukofotga Robert Levandovskini monosib nomzod deb bilishadi.

 Messi - «Oltin to‘p-2021» mukofotiga loyiq futbolchi. Isbotlaymiz

Levandovski bu yil faqat Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Messi va Robertning yutuqlarini taqqoslaydigan bo‘lsak, tarozi pallasi argentinalik tomonga bosib ketadi. Zero, «Bavariya»ning Bundesligadagi g‘alabasi an’anaviy hodisa va bu bilan hech kimni ajablantirmaydi, biroq mamlakat kubogining dastlabki bosqichida chiqib ketish kutilmagan natija.

Shunga qaramay, «Oltin to‘p» hamon individual mukofot ekanligini hisobga olsak, Levandovskini 2021 yilda eng munosib g‘olib deb bilamiz. Sababi polshalikka ko‘p gol urish qobilyati, balki o‘tgan mavsumgi natijalari uchun ham berish kerak.

  J.M

Fikr bildirish