FC Barcelona

Messi “Oltin to’p”ni oladi, Ronaldu marosimni e’tiborsiz qoldirmoqchi

41

Argentinalik mukofotlar bo’yicha Ronalduni quvib o’tadi.

“Barselona” sardori Lionel Messi marosimdan bir hafta oldin “Oltin to’p”  o’ziga tegishini bildi.

FranceFutbol vakillari mukofotni kim olishi haqida xabar berish uchun uchta da’vogar – Messi, Ronaldu va Van Deyk bilan bog’lanishdi. Faxriy mukofot g’olibini aniqlaydigan jurnal jamoasi dushanba kuni Leo bilan uchrashish uchun Barselonada bo’ldi. Muxbirlar mukofot bilan argentinalikning bir nechta suratlarini va intervyu olishdi – kadr kelayotgan sonning muqovasida paydo bo’lishi kerak.

MundoDeportivo xabariga ko’ra, futbolchiga yaqin manbalar buni tasdiqlamagan, ammo bu mish-mishlarni rad etmagan ham. Nashr jurnalistlaridan biri Francesc Agularning so’zlariga ko’ra, FranceFutbolning asosiy muammosi Ronaldoning marosimda bo’lishi edi- portugaliyalik ovoz berishda Van Deykdan keyin uchinchi o’rinni egallaganidan g’azablandi. Krish yana voqeani e’tiborsiz qoldirmoqchi.

Fikr bildirish