Futbol

Messi Ronalduni ortda qoldirdi

227

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi chorak finali doirasidagi Ekvadorga qarshi o‘yinda jarima zarbasini amalga oshirdi.

Shu tariqa, futbolchi terma jamoada va klubdagi faoliyati davomida jarima zarbasidan 58-golini urdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi (57).

Eslatib o‘tamiz, Argentina chorak finalda Ekvador ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

 

Fikr bildirish