Futbol

Messining qachon safga qaytishi ma’lum!

24

Kataloniyalilar yetakchisi Leo Messining jarohatidan to‘laqonli tiklanib qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi.

Futbolchi «Granada»ga qarshi bahsdan so‘ng chap oyoq muskullarini shikastlab olgan edi. Shifokorlarning yaqinda qo‘ygan tashxisiga ko‘ra, Messining tiklanishi uchun 10 kundan oshiqroq vaqt ketadi.

U bu vaqt oralig‘ida «Atletik»ka qarshi superkubok finali, «Kornelya»ga qarshi uchrashuv hamda «Elche» bilan bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsum argentinalik yulduz «ko‘k-anorranglilar» safida 22 o‘yinda maydonga tushib 14 gol va 6 assistni qayd etgan.

Fikr bildirish