"Paxtakor"ning asosiy tarkibiga kira bilmagan futbolchi "Santago Bernabeu"da kimsan, "Real Madrid" darvozasini ishg’ol qildi. Bu yashil maydonga ilk qadamlarini qo’yayotgan har bolakayning orzusi, shunday emasmi?
SHuningdek, "Real"ning mag’lub qilinishi Tiraspolning "SHerif" klubi tarixidagi eng yorqin g’alabaga aylandi. Mazkur jamoa hanuzgacha qita grandlarini mag’lub qila bilmagan edi.
Quyidagi jadvalga etibor qilsangiz, tiraspollik muxlislar hayotidagi eng yaxshi kunlarni yashayotgandek taassurot paydo bo’ladi. Mudom kamtarin bo’lib kelgan "SHerif" manmanlikni boshlab yubordi. Jamoa "Inter" (Milan), "Real" (Madrid), "SHaxtyor" (Doneck) bor guruhda etakchilik qilyapti.
SHu o’rinda savol tug’iladi: "SHerif" bunga qadar "Real" darajasidagi klublar bilan to’qnashganmi edi? Yo’q. Moldova klubi ECHL saralashi va Evropa Ligasi bahslarida qarshi chiqqan eng kuchli va nomdor jamoalar turk, rus va niderland jamoalari bo’lgan.
Trispolliklar bunga qadar top-ligalar vakili bilan 2 bor to’qnash kelishgan. Evropa Ligasi kvalifikaciyasida "Marsel" bilan (2012) va musobaqaning guruh bosqichida "Tottenxem" bilan (2013).
Eng qizig’i, ayni paytda "Nasaf" sharafini himoya qilayotgan Marko Stanoevich o’sha yillarda "SHerif"ning etakchisi hisoblanardi.
Bilasizmi, "SHerif" Evropa Ligasi 2013 yilgi mavsumining guruh bosqichida "Anji" bilan ham to’qnash kelgan. 28 noyabr kuni Mahachqalada o’tkazilgan o’yinda jamoalarni Marko Stanoevich va Odil Ahmedov sardor sifatida maydonga boshlab tushgan edi.