Futbol

MOQ prezidenti doping masalalariga e’tibor qaratdi

59

Tadbirda MOQ rahbariyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federatsiyalari va birlashmalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida WADA tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilish masalasi ko’rib chiqildi.
«Biz sportchilar tomonidan taqiqlangan moddalarni iste’mol qilish hollari ko’payib borayotganidan tashvishdamiz. Hozirgi kunda antidoping masalasi butun dunyoda dolzarb bo’lib qolmoqda. 2019 yil 4 sentyabr kuni bo’lib o’tgan video selektorda Prezidentimiz qoidabuzarliklarga yo’l qo’ymaslik, taqiqlangan dorilarni iste’mol qilishni to’xtatish uchun zarur choralarni ko’rish to’g’risida ogohlantirdi.
Birinchi bo’lib O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi ichki chempionat davomida doping-testni o’tkazish tashabbusi bilan chiqdi. WADA taqiqlagan dorilardan foydalanish kerak emas, ochig’ini aytganda, mamlakatning obro’siga putur etkazish kerak emas », – dedi Rustam Shaabduraxmanov.
Tadbir davomida, shuningdek, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-uslubiy markazi va Milliy antidoping agentligi bilan birgalikda ishlash kerakligi, shuningdek, atletchilar uchun mo’ljallangan farmakologik vositalarning tarkibini doimiy ravishda nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Fikr bildirish