FC Bayern MunchenFutbol

Mourino “Bavariya” bilan 2022 yilgacha shartnoma imzolamoqchi

25

“Manchester Yunayted” ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino “Bavariya” ga murabbiylik qilishi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis nemis klubidan 2022 yilgacha bo’lgan muddatga shartnomani talab qilmoqda. “Bavariya” ushbu taklifni ko’rib chiqmoqda. Taxmin qilinishicha, terma jamoalar o’yinlarining tanaffus paytida ushbu qaror qabul qilinadi. Avvalroq Myunxenliklar “Ayaks” murabbiysi Erik Ten Xag yoki ”PSJ” bosh murabbiyi Tomas Tuxel nomzodligini ko’rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi. Ten Xag ham, Tuxel ham mavsum davomida jamoani qabul qilishga tayyor emas. Shuningdek, “Bavariya” Arsen Vengerni ham rad etdi.

Fikr bildirish