Futbol

Mourinyo “Tottenxem” tayinlangani haqida: “Klubni boy an’analari, hamda ehtirosli muxlislari bilan boshqarishdan mamnunman»

29

Tottenxemning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo London klubiga tayinlangani haqida izoh berdi. “Klubni boy an’analari, hamda ehtirosli muxlislari bilan boshqarishdan mamnunman. Jamoa mahorati va akademiya darajasi meni ilhomlantiradi. Bunday futbolchilar bilan ishlash imkoniyati – meni bu lavozimga jalb qildi”, dedi Mourinyo. Portugaliyalik “Tottenxem”da Maurisio Pochettinoning o’rniga, London klubi bilan muddati 2022/23 mavsumining oxirigacha bo’lgan shartnomani imzoladi. Avval xabar qilinganidek, Mourinyo o’zining ocirgi klubi “MYu”da o’tgan mavsum yiliga 20 million yevro daromad olganiga qaramay,  Pochettino olgani kabi (yiliga 13 million yevro) daromad olishga rozilik bergan. 12 turdan so’ng “Tottenxem” APL stolida 14-o’rinni egalladi. Chempionlar Ligasining 4 o’yinidan so’ng, londonliklar “Bavariya”dan keyin, ikkinchi o’rinda turishibdi

Fikr bildirish