Jang san’atlari

Muhammadqodir Toshtemirov uchta oltin medalni qo’lga kiritdi

4

VI “Xalqaro birdamlik chempionati”ning uchinchi musobaqa kuni davom etmoqda. Musobaqa kunining ikkinchi qismida -81 kg vazn toifasida erkaklar minbarga chiqishdi.
Ushbu toifada jamoamizni birdaniga ikki og’ir atlet – Hakimjon Shamsiddinov va Toshtemir Muhammadqodirov himoya qilishdi.
Dast ko’tarishda Hakimjon Shamsiddinov birinchi urinishda 143 kilogramm natijani qayd etdi, ammo keyingi urinishlar muvaffaqiyatsiz bo’ldi.
Muhammodqodir Toshtemirov kutilgan umidni oqladi va raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Vazni 160 kilogramm bo’lgan shtangani ko’tarib, dast ko’tarishda u eng yaqin raqibidan 4 kg oldin bo’ldi. Siltab ko’tarishda Toshtemirov 181 kg natija ko’rsatdi.
Erkaklar, -81 kg:
Muhammadqodir Toshtemirov (O’zbekiston) – 341 kg (160 kg + 181 kg)
Emil Moldodosov (Qirg’iziston) – 333 kg (181 kg + 152 kg)
Annaberdiyev Rustem (Turkmaniston) – 326 kg (147 kg + 179 kg)

Fikr bildirish