Futbol

Murod Xolmurodov: Men Olimpiya o’yinlarining ko’chirilishini ma’qullayman

21

Fursatdan foydalanib, MOQ matbuot xizmati veloshosse bo’yicha Tokio Olimpiadasining litsenziya egasi Murod Xolmurodovning Olimpiadani ko’chirish haqidagi fikri bilan qiziqdi.
– Olimpiya o’yinlarining keyinga qoldirilishiga qanday qaraysiz?
Koronavirus “pandemiyasi” sababli Olimpiada bir yilga qoldirildi. Bu olimpiada tashkilotchilarining uzoq o’ylangan va so’ngra amalda bajarilgan tashabbusidir. Birinchi navbatda, bu sportchilar, ishtirokchilar, sayyohlarning xavfsizligi uchun.
Shuningdek, virusning butun dunyo bo’ylab tarqalishining oldini olish uchun bunday qaror qabul qilindi. “Olimpiada egasi” nafaqat sport yutuqlarini, balki iqtisodiy yutuqlari va mamlakatning sayyohlik imkoniyatlarini ham namoyish etishga harakat qilmoqda. Olimpiada sayyohlarsiz o’tkazilishi mumkinligini hisobga olib, men o’yinlarning ko’chirilishini qo’llab-quvvatlayman va ma’qullayman.
– Bu sportchilarning tayyorgarligiga qanday ta’sir qiladi?
– Hozir butun dunyo bo’ylab sport tadbirlarini o’tkazish to’xtatildi. Atletlar mashg’ulotlarni o’tkazishadi, ammo musobaqalarsiz. Shu nuqtai nazardan, sport formasini saqlash juda qiyin. Shunga qaramay, biz o’z ustimizda ishlashda davom etayapmiz. Tez orada bu qiyin vaziyat yaxshilanishiga ishonaman.
– Olimpiadaga endi qanday tayyorgarlik ko’rasiz? Rejangiz qanday bo’ladi?
– Asosiysi, yilni yaxshi kayfiyat bilan yakunlash. Olimpiadada bizning raqiblarimiz professional sportchilar bo’ladi va shundan kelib chiqib biz sport anjomlaridan boshlab, natijalarimizga qadar har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’rishimiz kerak. Umid qilamanki, davlat va federatsiya rahbariyati ko’magi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishamiz.

Fikr bildirish