Futbol

Muzaffarov faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin

59

24 yoshli markaziy yarim himoyachi bu yil chindan ham jamoasining etakchi futbolchilaridan biri bo’ldi deyish mumkin. SHu bois Muzaffarovga nafaqat O’zbekiston klublaridan balki xorij jamoalaridan ham qiziqish bo’lmoqda. Futbolchining o’zi bilan bu borada bog’langanimizda, “Metallurg” bilan tuzgan shartnomasi yakunlanganini, Koreya klublaridin biri og’zaki ravishda qiziqish bildirganini, hozirda bu borada agenti o’sha klub vakillari bilan muzokara o’tkazayotganini, transfer masalasi 20 dekabrga qadar uzil-kesil hal bo’lishini malum qildi.

SHuningdek Muzaffar agarda xorijga ketish varianti amalga oshmasa O’zbekiston klublaridan tushayotgan takliflarni ko’rib chiqishini bildirdi.

Malumot uchun, Muzaffarov joriy yilgi O’zbekiston Superligasida “Metallurg” safida 24 ta o’yin (2037 daqiqa) o’tkazib, raqiblari darvozasiga 5ta to’p kiritib, 3ta golli pas uzatdi.

Fikr bildirish