Futbol

«MYU»da penaltilarni kim tepadi. Ronaldu yoki Fernandesh ?

157

 

Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytgach, jamoaning asosiy standard vaziyatlari ijrochisi kim bo‘lishi haqida savollar paydo bo‘la boshladi. Bu maqomga Krishtianudan tashqari Bruno Fernandesh ham da’vogarlik qiladi, u yulduz vatandoshi kelishidan oldin jarima zarbalari va penaltilarni asosiy ijrochisi bo‘lib kelayotgandi.

Ayniqsa, penalti tepish borasidagi savol ochiqligicha qolmoqda. Angliyada bu borada o‘ziga xos taqdiqot o‘tkazildi. Uning yordamida muvaffaqiyatli urinishlar ehtimolligi hisoblab chiqildi.

Jamoada penalti tepish uchun uchinchi davogar Markus Reshford. Reshford 2015/16 yilgi mavsumdan beri penaltilarni amalga oshirib keladi.

O‘tkazilgan taqdiqot natijalariga ko‘ra, penaltini aniq amalga oshirish bo‘yicha Brunoning ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lib chiqdi. Taqdiqot natijalariga ko‘ra, Ronaldu Brunoning ko‘rsatkichini yaxshilashga bo‘lgan imkoniyati 1,86 %ga teng ekan.

2017 yildan buyon standartlarni ijro etish bo‘yicha ham Brunu yaxshiroq statistikaga ega. Brunu 26 penaltidan 25 tasini (96,15%), Krishtianu esa oxirgi to‘rt yil ichida 31 tadan 26 tasini (83,87%) golga aylantirgan. Jarima zarbalari borasida ham Ronalduning ko‘rsatkichi yomonroq. U so‘nggi 67 jarima zarbalaridan 3 ta gol urgan, Fernandesh esa so‘nggi 58 zarbadan 5 tasini golga aylantirgan.

Brunu faoliyatida “Manchester Yunayted” uchun yagona amalga oshirilmagan penalti 2020 yil oktyabr oyida “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda sodir bo‘lgan.

Ronaldu esa bir necha kun oldin Portugaliya terma jamoasi tarkibida irlandlarga qarshi o‘yinida penaltidan foydalana olmadi.

Qiziq, Sulsher qanday qaror qabul qiladi ?

Fikr bildirish